SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali tomonidan talabalar uchun 940 ta ijara turar joylari shakllantirildi

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ijara bilan bog‘liq murojaatlarini hal etish maqsadida talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar beruvchi markaz tashkil qilindi.

Samdukf.uz rasmiy wyeb-saytida 24/7 shaklida faol bo‘luvchi onlayn platforma, t.me/Samdukf_talaba_ijara telegram kanali orqali talabalardan murojaatlar qabul qilinib, ijara xonadonlari taklif qilinmoqda.

- Muasasamizda 1300 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda va joriy yil 600 nafarga yaqin talaba qabul qilinishi kutilyapti, - deydi SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali direktori Sherzod O‘roqov.- Talabalar uchun aholi xonadonlarida 668 o‘rinli ijara turar joylari shakllantirilib, 368 o‘rni tushgan takliflar asosida band qilindi. Kattaqo‘rg‘on shahridagi hostel va muassasalarning yotoqxonalarida qo‘shimcha 272 ta zaxira o‘rin shakllanrildi.

Ayni paytga qadar yuz nafarga yaqin talaba turar joy bo‘yicha murojaat qildi va belgilangan talablar asosida 65 nafari talabalar turar joyiga joylashtiriladigan bo‘ldi.