Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDU prorektorining xati g‘ayriqonuniy deb topildi. Universitetga talabaning o‘qishini ko‘chirish majburiyati yuklatildi

Saytimizda joriy yilning 12 oktyabrida e’lon qilinganSudda sarson qilishmaydi, lekin sarson bo‘lasizsarlavhali maqola yuzasidan Samarqand viloyat sudi raisi o‘rinbosari Z.Allabayevdan shu mazmundagi javob keldi.

Unda quyidagilar bayon etilgan:

"2022 yilning 17 iyun kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga da’vogar Husanov Shahzod Mashrab o‘g‘li tomonidan javobgar Samarqand davlat universitetiga nisbatan 2022 yil 30 apreldagi №10-1728-sonli o‘qishni ko‘chirishni rad qilish haqidagi SamDU prorektori A.Soleyevning javob xatini qonunga xilof bo‘lganligi sababli haqiqiy emas deb topish hamda o‘qishga ko‘chirish majburiyatini yuklash haqidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Sudning 2022 yil 22 iyundagi ajrimi bilan Sh.Husanovning arizasi FPKning 195-moddasi 3-bandiga ko‘ra qaytarilgan.

Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining 2022 yil 19 iyuldagi ajrimi bilan arizachi Sh.Husanovning Samarqand davlat universiteti mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi), qarori ustidan bergan arizasi Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 133-moddasi 1-qismi 1-bandiga ko‘ra qabul qilishdan rad etilgan.

Samarqand viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2022 yil 13 sentyabrdagi ajrimi bilan FIB Samarqand shahar sudining 2022 yil 22 iyundagi ajrimi bekor qilingan va da’vogar Sh.Husanovning da’vo arizasi Samarqand shahar sudiga qabul masalasini hal etish uchun yuborilgan.

FIB Samarqand shahar sudining 2022 yil 19 sentyabrdagi ajrimi bilan da’vogar Husanov Shahzod Mashrab o‘g‘lining javobgar Samarqand davlat universitetiga nisbatan 2022 yil 30 apreldagi №10-1728-sonli o‘qishni ko‘chirishni rad qilish haqidagi prorektor A.Soleyevning javob xatini qonunga xilof bo‘lganligi sababli haqiqiy emas deb topish hamda o‘qishga ko‘chirish majburiyatini yuklash haqidagi da’vo arizasi ish yurituvga qabul qilingan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2022 yil 14 oktyabrdagi hal qiluv qarori bilan da’vogar Husanov Shahzod Mashrab o‘g‘lining javobgar Samarqand davlat universitetiga nisbatan 2022 yil 30 apreldagi №10-1728-sonli o‘qishni ko‘chirishni rad qilish haqidagi prorektor A.Soleyevning javob xati qonunga xilof bo‘lganligi sababli haqiqiy emas deb topildi hamda o‘qishga ko‘chirish majburiyatini yuklash haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirildi. Demak, da’vogar Sh.Husanovga yuborilgan 2022 yil 30 apreldagi №10-1728-sonli o‘qishni ko‘chirishni rad qilish haqidagi prorektor A.Soleyevning javob xati g‘ayriqonuniy deb topilib, Samarqand davlat universiteti zimmasiga Sh.Husanovning o‘qishini ko‘chirish majburiyati yuklatildi.

Hal qiluv qarori ustidan shikoyat keltirilmagan.”