Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamISI rektori dekan o‘rinbosarining pora bilan ushlanganlik holatiga oydinlik kiritdi (video)

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti dekani o‘rinbosari Qozog‘iston Respublikasining oliy o‘quv yurtida o‘qiyotgan talabaning o‘qishini mazkur institutga ko‘chirish evaziga 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Bu haqda 2020 yilning 29 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar bergandi.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori Muhiddin Po‘latov bilan suhbatlashdik.