Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamVMI rektori Moskvada sohaga oid muzokara olib bordi

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasida I.K.Skryabin nomidagi Moskva davlat veterinariya meditsinasi va biotexnologiya akademiyasi tashkil topganiing 100 yilligi keng nishonlanmoqda.

Mazkur akademiya yubiley sana munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori, professor Xudaynazar Yunusov ham ishtirok etdi.

Safar davomida rektor ushbu akademiya bilan tuzilgan ilmiy hamkorlik dasturi va “Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan vazifalar ijrosi, professor-o‘qituvchilarning stajirovka o‘tashi, qo‘shma o‘quv dasturlari va darsliklar yaratish yuzasidan muzokaralar olib bordi.

SamVMI axborot xizmati.