Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sapyor kalamush

Kombojada Magava degan kalamush bor, yoshi 7 da. U hayotining besh yilini sapyorlik qilib o‘tkazgan. Xizmat davrida 71 ta minani aniqlagan. Buning evaziga oltin medal bilan mukofotlangan.

Buni qarangki, hozirda u “yangi xizmatga olingan”larga sapyorlik sirlarini o‘rgatmoqda. O‘z vaqtida Magava Belgiyada xayriya tashkilotida minalarni iskab topish kursini bitirgan. U yengil harakat bilan minalarni portlovchi detinatorini bosmasdan panjalari bilan kovlab ochadi. Mutaxassislarning aytishicha, Magava tennis korticha keladigan maydonni 20 minutda tekshirib chiqa oladi. Inson mina qidirgich bilan bunday maydonni tekshirib chiqishi uchun bir kun zarur bo‘ladi.

***

Qaysi mamlakatlar AQSh bazasiga qarshi?

Pokiston AQShning Afg‘onistondan olib chiqayotgan qo‘shinlariga baza berishni rad etdi. Qirg‘iziston Bishkek yaqinida AQSh harbiy havo kuchlariga bergan “Manas” aeroportini yopdi.

В Афганистане в результате атаки на базу погибли военные США - ИА REGNUM

O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yuklarini yetkazib berish uchun AQShga Xonobodda bergan aeroport faoliyatini tugatdi. 2014 yili Chexiya AQSh havo kuchlari radarlari qurishga bermoqchi bo‘lgan poligonni qaytarib oldi. AQShning harbiy bazalari joylashtirilishiga qarshi, shuningdek, Yaponiyaning Okinava oroli aholisi, GFR, Gretsiya davlatlari fuqarolari ham norozilik bildirmoqda, deb yozadi “AiF” (2021y. 24-son).

T.Shomurodov tayyorladi.