Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Saylovchi yashab turgan joyi bo‘yicha propiskada turmaganda qanday ovoz berishi mumkin?

Saylov kodeksiga ko‘ra, saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan paytda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolarning familiyalari saylovchilar ro‘yxatiga kiritiladi, deyiladi Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanalida.

Saylovchilar  ro‘yxatlari  Saylovchilarning  yagona  elektron  ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha axborot tizimi ma’lumotlari asosida tuziladi.

Shunga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasining “Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxatidan foydalanishning ayrim masalalari to‘g‘risida” 2019 yil 3 dekabrdagi № 994-son qarori qabul qilindi.

Qarorda saylovchining qaysi saylov uchastkasi bo‘yicha (doimiy yoki vaqtincha propiska (hisobda turish) joyi bo‘yicha) saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishini aniqlash tartibi belgilandi.

Qarorga ko‘ra, saylovchi yashab turgan joyi bo‘yicha propiskada turmaganda, vaqtincha yashash joyidagi saylov uchastkasi bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilishi va ovoz berishi mumkin.

Bunda saylovchi yashab turgan joyidagi saylov uchastkasi bo‘yicha ro‘yxatga kiritilishi uchun shu hududdagi uchastka saylov komissiyasiga saylovga kamida uch kun qolgunga qadar (19 dekabrgacha) murojaat qilishi mumkin.