Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sayyor qabul: Sobiq harbiy uyli bo‘ldi

Past Darg‘om tumani hokimi Sh.Xudoyberdiyev tuman xalq qabulxonasida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda 70 dan ziyod murojaat tinglandi.

Murojaatlar asosan uy-joy, moddiy yordam, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash masalalariga oid bo‘lib, aksariyati joyida o‘z yechimini topdi. Ayrim murojaat egalariga tushuntirish berildi, ayrimlariga ijobiy yechim topish uchun tegishli muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi.

Olti qahramon mahallasida yashovchi Feruza Choriyeva oilada uch nafar farzandning yolg‘iz boquvchisi ekanligi, moddiy imkoniyati yetmayotgani sababli ko‘p yillardan buyon sog‘ligini tiklay olmayotgani, uy-joy mulkdorlari shirkatidan ham qarzdorligi borligi haqida murojaat qildi. Uning qarzdorligi hokimlik tomonidan o‘sha joyning o‘zida to‘lanib, sog‘lig‘ini tiklash uchun yo‘llanma berildi.

- Katta o‘g‘lim harbiy xizmatdan baxtsiz tasodif tufayli nogiron bo‘lib qaytgandi, - deydi fuqaro E.Begimov. –  Ishga yaroqsiz, nafaqasidan bo‘lak daromadi yo‘q. Oilamiz katta, topgan pulimiz yeb-ichishdan ortmaydi. Uy kerak, ammo imorat qurish uchun imkonimiz yo‘q. Shuning uchun bugungi sayyor qabulga o‘g‘limga uy so‘rab keldim. Hokim dardimni tinglab, murojaatimni ijobiy hal qildi.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.