Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sayyor qabulni viloyat hokimi tasdiqlaydi

– Ayrim hollarda fuqarolar rahbarlar tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullardan xabar topmay qolyapti. Bunday qabullar o‘tkazish uchun tartib yoki jadval belgilanganmi?

Elyor SALIMOV,

Toyloq tumani.

– Bu borada Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-sonli qarori bilan "Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom" qabul qilingan. Yaqinda unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar  kiritildi.

Jumladan, nizomga qo‘shimcha 551 bandi kiritilib, bunda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarda sayyor qabul qilish bo‘yicha jadvallari ishlab chiqilib, mos ravishda yuqori turuvchi davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yildi.

Anvar XOLMURODOV,

viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi.