Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sayyoradagi eng keksa odam vafot etdi

Filippinda dunyodagi eng keksa odam Fransiska Susano 124 yoshida vafot etdi.

Fransiska Susano dushanbaga o‘tar kechasi olamdan o‘tdi. O‘lim sababi aniqlanmagan. Sog‘liqni saqlash boshqarmasi kampirda virusli kasallik belgilari yo‘qligini tasdiqladi.

Fransiska Susano 1897 yil 11 sentyabrda tug‘ilgan. U Ginnesning rekordlar kitobiga sayyoradagi eng keksa odam sifatida kiritilgan.

“Bizning sevimli Fransiska Susano vafot etgani haqidagi xabarni yuragimizda qayg‘u bilan qabul qildik. U har doim bizning ilhomimiz va faxrimiz bo‘lib qoladi”, deyiladi mahalliy nashrlarda.