Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Rossiya oliygohlari bilan hamkorlikka kirishdi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Xalqaro akademik hamkorlik: muammo va samaralar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

- SamISI bugun Tambov davlat universiteti va Xalqaro slavyan universiteti bilan hamkorlik rishtalarini bog‘lashga urinmoqda, - dedi institut rektori, professor Muhiddin Po‘latov. – Maqsadimiz – kelajakda xalqaro ta’lim tajribasini qo‘llagan holda jahon standartlariga mos yetuk kadrlar tayyorlash, bu yo‘lda nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Tadbirda Xalqaro slavyan universiteti rektori, professor Lenche Petreska, Tambov davlat universiteti professori Vyacheslav Abdukarimov ma’ruza qilib, hamkorlikda faoliyat olib borishga tayyorligini bildirishdi.

Anjuman ishida professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talabalar ta’lim sifatini oshirish, pedagog va ilmiy kadrlarni jahon tajribasi asosida tayyorlash borasida muhokamalarga kirishdi.