Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Senatda Oliy sud raisini saylash, alkogol va tamaki mahsulotlari tarqatilishi va iste’mol qilinishini cheklash va yana bir qator masalalar ko‘rib chiqiladi

Oliy Majlisi Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisini 13 iyun kuni chaqirish to‘g‘risida Senat Kengashining qarori qabul qilingan.

Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi, “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi, “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, senatorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.

Senatning navbatdagi yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tadi.