Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Senatning o‘ninchi yalpi majlisi 18 dekabr kuni chaqiriladi

2020 yil 11 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Senat axborot xizmati ma’lum qildi.

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘ninchi yalpi majlisini 2020 yil 18 dekabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda bir qator masalalar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi, “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta ko‘rishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarga doir sud qarorlarini qayta ko‘rishning protsessual tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Sud hujjatlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi, “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari shular jumlasidandir.

Shuningdek, 2020-2023 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijro etilishining borishi to‘g‘risidagi masala ham muhokama qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Kengash majlisida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga doir namunaviy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.