Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Senatning yalpi majlisida qanday masalalar ko‘rilmoqda?

Bugun, 24 mart kuni Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida Oliy Majlis Senatining majlislar zalida o‘z ishini boshladi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligi tarqalishining oldini olish maqsadida, shuningdek, Toshkent shahriga kirish va chiqish 2020 yilning 24 mart kunidan boshlab to‘xtatilganligi munosabati bilan yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilmoqda.

Majlis kun tartibiga, jumladan, quyidagi masalalar kiritilgan:

- “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun;

- “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun;

- “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun;

- “III va IV darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun;

- “Sog‘lom avlod uchun” medalini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonun.

Shuningdek, Senat a’zolari tomonidan Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegarasini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqiladi.