Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Senator yoshlarning taklif va muammolarini tingladi

Samarqand shahidagi Yoshlar markazida Oliy Majlis Senati a’zosi F.Toshev ishtirokida “Senator va yoshlar” onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizning barcha tumanlaridan yuzga yaqin yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savol, muammo va takliflar bilan senatorga murojaat qildi. Jumladan, samarqandlik Sayyora Bahriddinova yoshlarni ish bilan ta’minlashda korxona, tashkilotlar ularning oylik ish haqlarini oshirishga e’tibor berishlarini aytdi. Oqdaryolik o‘quv markazi rahbari faoliyatini kengaytirishda kredit olish uchun amaliy ko‘mak so‘radi. Rayhona Anorboyeva yosh iste’dodli shoiralarning kitoblarini  chop etish taklifini ilgari surdi.

- Yoshlarimiz o‘z fikriga, o‘z so‘ziga egaligi mana shunday uchrashuvlarda bilinadi, - dedi “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri, senator Farmon Toshev. – Ularning har bir fikri, taklifi jamiyatimizni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ayrim yoshlarimiz e’tiborimizdan chetda qolgan muammolarni aytayapti. Asosiysi, ular atrofimizdagi voqea-hodisalarga e’tiborli. Demak, bu kabi uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazish, ularni tinglash kerak.

Senator F.Toshev onlayn uchrashuv davomida yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar yechimiga o‘z vakolati doirasida yechim topishga harakat qilishini bildirdi.