Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shanxayda koronavirusga tarqalishi keskin ko‘paydi, shaharda logdaun uzaytirildi

Shanxay ma’muriyati alomatlarsiz koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ko‘payishi sababli butun shahar va uning barcha 26 million aholisi uchun lokdaunni uzaytirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Channel News Asia.

Ilgari, mart oyining so‘nggi to‘rt kunida Shanxayning sharqiy qismida, keyin esa g‘arbiy qismida yana to‘rt kun davomida ommaviy sinovlar o‘tkazilayotgan vaqtda logdaun amal qiladi, deya taxmin qilingan edi.

Biroq, 4 aprel kuni cheklovlar olib tashlanmay, kasallanishning kunlik o‘sishi 13 000 dan oshganidan keyin kengaytirildi. Ular keyingi qarorgacha amal qiladi.

 Kamida 38 ming tibbiyot xodimlari boshqa mintaqalardan Shanxayga olib kelingan. Rasmiylar buni Uxandagi lokdaun davridan keyingi eng yirik milliy tibbiy operatsiya deb atashadi.