Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Sharq taronalari» XII xalqaro musiqa festivalining ilk nominatsiya g‘oliblari e’lon qilindi

«Eng yaxshi libos va musiqa uyg‘unligi» nominatsiyasi g‘olibi Koreya Respublikasining "Eulssu" guruhi bo‘ldi.

«Mehr oqibatni tarannum etgani uchun» nominatsiyasini Estoniyaning "Ruut" musiqa jamoasi oldi.

"Sharq xalqlari musiqa san’ati jonkuyari" nominatsiyasi Hindistonning "Debapriya va Samanvaya" guruhiga nasib etdi.

«An’analarga sodiq jamoa» nominatsiyasiga Eronning "Xaray" ayollar folklor musiqa jamoasi hamda "Qadriyatlar davomchisi" nominatsiyasiga Qozog‘istonning "Babalar sazi" jamoasi sazovor bo‘ldi.

Nominatsiya sovrindorlariga diplom, sovrin, 500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti topshirildi.

Samarqand shahar hokimligi sovriniga AQSh jamoasi "Xenxauz Prouvlers" jamoasiga nasib etdi.

«Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini eng ko‘p yoritgan ommaviy axborot vositalaridan "Rossiya 24" telekanaliga «Eng yaxshi targ‘ibotchi» nominatsiyasi nasib etdi.

Yana bir jamoa «O‘zbekiston 24» telekanali ham shu nominatsiya sovrindori bo‘ldi.