Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Sharq yulduzi” kinoteatrida qardosh xalq filmlari namoyishi boshlandi

Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida “Ozarbayjon kinosi kunlari” tadbirlari doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

- Madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari yaqin bo‘lgan O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqi azaldan qardosh, do‘st bo‘lib kelgan, - deydi Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi kinemotografiya bo‘limi bosh maslahatchisi Almaz Sultonzoda. - O‘ylaymizki, biz namoyish etayotgan filmlar samarqandlik kino muxlislarini befarq qoldirmaydi va ushbu madaniy aloqalar ikki xalq o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.

“Sharq yulduzi” kinoteatrida ozarbayjon badiiy va hujjatli filmlari namoyish etilmoqda.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

To‘lqin SIDDIQOV.