Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shaxmat: Ayni paytda hal qiluvchi bahslar davom etmoqda

Hindistonning Chennay shahrida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi turida erkaklar terma jamoamiz Niderlandiya terma jamoasiga qarshi, ayollar terma jamoamiz esa Kosta Rika terma jamoasiga qarshi dona surmoqda.

Ular orasida terma jamoa safida viloyatimizdan Jahongir Vohidov, Marjona Malikova, Afruza Hamdamova, Nodirbek Abdusattorov (asli narpaylik, hozirda Toshkent shahrida yashaydi) ishtirok etmoqda.

Agar bugun O‘zbekiston g‘alaba qozonsa, chempionlikni naqd qiladi - turnir jadvali yuqorisidagi jamoalarning ochkolari soni teng kelib qolgan taqdirda qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobga olinadi va bu borada ustunlik O‘zbekiston tomonida.

O‘yinni jonli efirda quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.