Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shayx Ahmad Tayyib Imom Termiziyning shogirdimi?

Samarqandda o‘tkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya ta’limoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgan “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyib O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov hamrohligidi Imom Moturidiy maqbarasini ziyorat qildi.

Qur’on tilovat qilindi. Shayx Ahmad Tayyib majmuada ibodat amallarini bajardi.

Yuqori martabali mehmonga mazkur majmuaning obod qilinishi va kelgusidagi rejalar, Chokardiza qabristoni haqida batafsil ma’lumot berildi.

Misr bosh imomi ziyoratgohdan qaytish chog‘ida mazkur majmua rahbariga “Imom Termiziyga borsangiz misrlik shogirdingiz salom aytdi” deb o‘z salomini yetkazishni so‘radi.