Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shifokorni urgan FHDYo xodimi javobgarlikka tortildi

Xabaringiz bor, Buxoro viloyatining Jondor tumanida shifokorga sababsiz tahdid qilingani haqida xabar bergan edik.

Buxoro viloyati IIB mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi. Joriy yilning 11 avgust kuni soat 20:45 da Jondor tuman IIB Navbatchilik qismiga tuman tibbiyot birlashmasida janjal bo‘layotganligi bo‘yicha kelib tushgan xabarga asosan tergov-tezkor guruhi xodimlari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, "Kobal" rusumli, 80 557 TAA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi, Jondor tuman Ko‘liyon mahallasida yashovchi, tuman tibbiyot birlashmasida shifokor bo‘lib ishlovchi, 1955 yilda tug‘ilgan fuqaro T.D. va shu mahallada yashovchi, "Spark" rusumli, 80 Z 032 MA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi, tuman FHDYo bo‘limida ishlovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Q.V. o‘rtasida o‘zaro shaxsiy kelishmovchilik tufayli janjal kelib chiqqan.

"Spark" avtomashinasi xaydovchisi alkogolli ichimlik ta’sirida bo‘lgani sabab jahl ustida avtomashinasining old qismi bilan Cobalt avtomashinasining orqa qismiga borib urib, yo‘l transport hodisasi sodir qilgan.

Fuqaro Q.V. tergov-tezkor gurux xodimlari tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, "Kobalt" va "Spark" avtomashinalari tuman IIB YXXB jarima maydonchasiga kiritib qo‘yilgan.

Mazkur xolatda YTH bo‘yicha tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan fuqaro Q.V.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 131-modda 2-qismi (transport vositalarini mast holda boshqarish), 134-moddasi (haydovchilarning yo‘l harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi) hamda 135-modda 3-qismi (yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) bilan, shuningdek, janjal holati yuzasidan fuqaro Q.V.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jondor tuman Ma’muriy sudiga yuborilgan.