Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shifoxonada giyohvandlik moddalari savdosiga chek qo‘yildi

14 avgust kuni Samarqand tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan tumanning “Mironqul” mahallasida joylashgan viloyat sil kasalliklari shifoxonasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Samarqand shahar “Ko‘ksaroy” mahallasida yashovchi, 1957 yilda tug‘ilgan S.V., T. ismli shaxsga marixuana giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida ushlangan.

S.V. bilan olib borilgan surishtiruvlar davomida ushbu giyohvandlik moddasini yuqorida ko‘rsatilgan shifoxonada davolanayotgan 1981 yilda tug‘ilgan D.I.dan olganligi aniqlanib, D.I.ning yoni ko‘zdan kechirilganda sport sumkasidan 0.5 sig‘imli banka ichidan marixuana giyohvandlik moddasi boriligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.