Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Shimoliy oqim”larda to‘rtinchi sizib chiqish aniqlandi. Hodisa sabotaj harakati deyilmoqda

Buni kim va nima maqsadda qildi? “Shimoliy oqim-1” va «Shimoliy oqim-2” gaz quvurlarida gaz sizib chiqishi sabotajdan boshqa narsa emas» deyishmoqda Yevropada.

Dushanba kuni ertalab Boltiq dengizi akvatoriyasidagi Daniyaning Bornxolm oroli yaqinida bir necha portlashlar qayd etilganidan so‘ng sizib chiqish joylari aniqlangan. Voqea Ukrainadagi urush tufayli Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi keskinlik oshishi fonida ro‘y berdi.

“Shimoliy oqim-1”ning ikkita quvurida va “Shimoliy oqim-2”ning ikkita quvuridan birida bir vaqtning o‘zida sizish paydo bo‘lgan. Ikkinchisi hech qachon ishlatilmagan bo‘lsada, ammo bosimni ushlab turish uchun unda gaz mavjud edi. Nemis matbuoti xabarlariga ko‘ra, ikkala quvur ham mutlaqo yaroqsiz holga kelishi mumkin.

Mette Frederiksen, Daniya Bosh vaziri: "Bu tasodif emas. Qisqa vaqt ichida turli quvurlarda bir nechta portlashlar kuzatildi".

Shvetsiya hukumati rahbari Magdalena Andersson ham qo‘shma matbuot anjumanida xuddi shunday fikr bildirdi.

Hodisa ertaga, 30 sentyabr BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida muhokama qilinishi kutilmoqda. Sabotaj ortida kim turishi mumkin? Hozircha hech kim Rossiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblamasa-da, ammo bu yo‘nalishda (xususan, Polshada) taxminlar mavjud.

Kreml sabotajga aloqadorligini rad etmoqda.