Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shitob bilan rivojlanayotgan Xitoy temir yo‘llari

2016 yilda Tibetda Sinxay-Tibet temir yo‘l magistrali ishga tushirilgan (dengiz sathidan 5 072 m gacha balandlikda) va uning qurilish bahosi $4,2 mlrd.ni tashkil kilgan.

So‘nggi yillarda Xitoyda yuqori tezlikdagi temir yo‘llarning qurilishi jadal olib borilmoqda. Oddiy yo‘llarning ayrim uchastkalarida yo‘lovchi poyezdlar uchun maksimal tezlik 200 km/s ni tashkil etmoqda.

Hozirgi kunda Xitoy yangi temir yo‘l liniyalarni qurish va mavjudlarini elektrlashtirish borasida faol ish olib bormoqda.

Xitoy Yaponiya hamda Yevropanikini birga hisoblaganda ularnikidan ancha ko‘p bo‘lgan, dunyo bo‘yicha eng yirik tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘llarga ega. 2014 yilda Xitoy dunyo bo‘yicha ikkinchi tijorat, magnit levitatsiyasidagi birinchi va eng yirik muntazam yuqori tezlikdagi poyezdni yo‘lga qo‘ydi. Uning harakat tezligi 431 km/s ga yetadi.

Bugungi kunda China Railways tarkibida 10 million ishchi-xodim ishlaydi.