Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shovonada Buvaydadan kelib tandir yasayotgan hunarmandlar

Qo‘shrabot tumanidagi Shovona qishlog‘ida Farg‘onaning Buvayda tumanidan kelib tandir yasayotgan hunarmandlar bor.

Katta usta Erkinjon aka 20 yildan buyon shu yerda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanar ekan. O‘tgan yillar davomida vodiylik ustallar 10 dan ortiq qo‘shrabotliklarga bu kasb sirlarini o‘rgatgan.

Aytishlaricha, 2 nafar tandirsoz kuniga 5-7 ta tandir yasaydi. Kunlik ish haqi o‘rtacha 120-150 ming so‘m.

G‘.HASANOV.