Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shu paytgacha payariqlik hamshiralar patronaj sumkasiz ishlaganmi?

Payariq tumanida 356 nafar patronaj hamshiralar faoliyat ko‘rsatadi. Shu paytgacha ularning 120 nafarida patronaj sumkasi yo‘q edi. O‘tgan shanba kuni bu muammolarga barham berilib, patronaj sumkasiz faoliyat yuritayotgan hamshiralarga 12 turdagi tibbiy jihozga ega ushbu sumkalar topshirildi.

- Qishloq aholisi salomatligini muhofaza qilish, ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishda birlamchi tibbiy muassasalarning ahamiyati katta, - deydi tuman tibbiyot birlashmasi qishloq vrachlik punkti (QVP) va qishloq oilaviy poliklinikalar (QOP) bo‘yicha koordinatori Saidazim O‘tamurodov. - Shu bois manzilli dastur asosida keyingi yillarda 12 ta QVP va 2 ta QOP to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Bundan tashqari, aholiga qulaylik yaratish maqsadida patronaj hamshiralarimiz maxsus sumkalar bilan ta’minlandi.

- Patronaj sumkasiz hamshiraga juda qiyin, - deydi “Choshtepa” QVP hamshirasi Gulbahor Murodova. – Ayniqsa, bemor xonadoniga borganda, yordam qilolmasangiz, nima keragingiz bor? Birlamchi tibbiy jihozlarga ega patronaj sumkangiz bo‘lsa, bemorga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatning samarasi bo‘ladi.

Husniddin XOLDOROV.