Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Si Szinpin buyuk Xitoy qurmoqchi - totalitarizm gullab-yashnagan davrda mamlakatni nima kutmoqda? (1-maqola)

Xitoy ulkan qishloq va hamma kambag‘al yashagan soxtachilik bo‘yicha jahon fabrikasi bo‘lgan kunlar o‘tib ketdi. Bugungi kunda Xitoyda haqiqiy kiber-konfutsiychilik hukm surmoqda: keksa xitoyliklar supermarketda  facepay orqali hisob-kitob qiladi, nevaralari Xitoy smartfonlari bilan sinxronlashtirilgan. Xitoy elektromobillarida ularga tashrif buyurishadi, milliard aholi orasida koronavirus tashuvchisini ilova yordamida aniqlashadi.

Xitoy iqtisodiyotining jadal o‘sishi va ta’siri Yevropani ham, AQShni ham qo‘rqitmoqda. Chunki vaqt o‘tishi bilan dunyoning standart qoidalari XXR tomonidan, aniqrog‘i, bu borada yaqin kelajakka rejalari tayyor turgan uning kommunistik partiyasi tomonidan o‘rnatila boshlaydi. XXI asr «rulida»gi buyuklar qanday porloq kelajakni orzu qilishadi va buyuk Xitoy davri kelishi bilan dunyoni qanday o‘zgarishlar kutmoqda?

Davrdan davrga

“Si Szinpin Xitoy tarixini garovda ushlab turibdi”, “U butun umri davomida Xitoyni boshqarmoqchi”, “Xitoy rahbari o‘zini Mao Szedunga tenglashtiradi” – yil oxirida shunday sarlavhalar bilan jahon OAVlari to‘lib-toshdi. Nashrlar Xitoyning yaqinlashib kelayotgan “sitszinpinlashuv”i haqida kimo‘zarga ta’riflayotgandek go‘yo.

Partiyaning «markazqochma» kuchi

40 yil avval Xitoyda yangi rivojlanish davri boshlandi va Den Syaopin belgilagan trayektoriya 2021 yil noyabrigacha, yangi tarixiy rezolyusiya paydo bo‘lgunga qadar davom etdi. Asr boshi nafaqat islohot va ochiqlik «pirogi»ning katta qismini uzib olishga uringan xitoylik ishbilarmonlar, balki siyosiy doiralar uchun ham notinch va ehtiroslar avj olgan davr bo‘ldi. XXR tarixi davomida klik, klan, mintaqaviy guruhlar siyosiy elitani goh "pragmatistlar" va "radikallar", goh "islohotchi" va «konservator»larga bo‘lib kelishdi. 1990 yillardan boshlab "shanxaylik"lar (rivojlangan janubi-sharqiy viloyatlardan kelgan muhojirlar) va "komsomollar" (komsomolning ijtimoiy liftida hukumatga "kelganlar")ga bo‘lindi. Yana "shahzoda"lar - yuqori partiya amaldorlari farzandlari ham bor edi. Ulardan biri Si Szinpin edi. Uning otasi Si Chjunsyun, inqilobchi, Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilishi asoschilaridan bo‘lib, madaniy inqilob davrida rosa azob chekkan. Keyinchalik hukumatga qaytdi va iqtisodiy islohotlar tashabbuskorlaridan biri bo‘ldi.

Siyosiy xaritalarning bunday olachiporligi amaldorlarni mamlakat boshqaruvidan ko‘ra, siyosiy kurash ko‘proq jalb etishiga sabab bo‘ldi. XXR korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik botqog‘iga botdi, fojialar ortidan fojialar, boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovut kengayishi, iqtisodiy rivojlanish yo‘ldoshi – ekologik muammolar tobora yaqqol ko‘zga tashlanaverdi.

Qabul qilingan yangi tarixiy qarorda bu davr quyidagicha umumlashtiriladi: “O‘z vaqtida partiya boshqaruvida korrupsiya va boshqa salbiy holatlar keng tarqalishi siyosiy ekotizimda jiddiy muammolarni keltirib chiqargan qattiqqo‘llik, beadablik va zaiflik kuzatilgan. Bundan tashqari, partiya va xalq o‘rtasidagi munosabatlarga darz ketdi, partiyaning bunyodkor, birlashtiruvchi kuchi va jangovar samaradorligi zaiflashdi. Partiya davlat boshqaruvida jiddiy sinovlarga duch keldi”.

Tarixiy rezolyusiyada shuni anglash mumkinki, Si Szinpin partiyani «tozaladi», ta’sir guruhlari kaleydoskopini yo‘q qildi va endi Xitoy xalqini umumbashariy farovonlik sari yetkazmaguncha ketmaydi.

G.XOLDOROVA tayyorladi.