Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Si Szinpin: Xitoyni qul qilmoqchi bo‘lgan har bir kishining "boshi yoriladi" (3-maqola)

Xitoyliklar hech qachon boshqa xalqlarga zulm qilmagan va bunday qilmaydi ham. Biroq Xitoyni qul qilishga uringan har bir kishining “boshi yoriladi”, dedi 6 yanvar kuni Pekindagi Tyananmen maydonida Xitoy Kommunistik partiyasi tashkil topganining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda Xitoy Xalq Respublikasi raisi, KP Markaziy Qo‘mitasi Bosh kotibi Si Szinpin.

"Xitoy xalqi adolatni himoya qiladigan, tahdid va zo‘ravonlikdan qo‘rqmaydigan, milliy g‘urur va o‘ziga ishonch tuyg‘usi kuchli xalqdir. Xitoy xalqi hech qachon boshqa xalqlarni ezmagan, zulm qilmagan va qulga aylantirmagan, bu o‘tmishda bo‘lmagan, hozir yo‘q va kelajakda ham bo‘lmaydi”, dedi Si Szinpin.

Uning ta’kidlashicha, “shu bilan birga, Xitoy xalqi hech qachon tashqi kuchlar zulm qilishiga, ezish yoki qul qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buni xohlaydiganlar albatta, boshlarini 1,4 milliard xitoylik et va qonidan yaralgan buyuk po‘lat devoriga uradi!"

Si Szinpin mamlakatni xoh iqtisod, xoh siyosat, xoh texnologiya sohasida bo‘lsin, “insoniyat taqdirining mushtarak hamjamiyati”da jahon yetakchiligiga tayyorlanayotganini tushunish qiyin emas. Va, bunda muvaffaqiyatga erishadimi-yo‘qmi kamroq tashqi omillarga, ko‘proq rahbariyat ichki muammolarni qanday yengishiga bog‘liq.

G.XOLDOROVA tayyorladi.