Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sirdaryoda avtomaktabga tegishli “Isuzu” avtobusiga o‘rnatilgan gaz ballon portlashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, voqea bugun, 18 avgust kuni tahminan soat 14:30 larda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtobus, metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz balonlarining birida yorilish sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh yetib borgan.

Shuningdek, voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari tomonidan holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.