Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning uyi sotuvga qo‘yildi

Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek tumani Sadaf ko‘chasi, 5-berk ko‘cha, 7-9-uy jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yildi.

Narxni oshirib borish tamoyili bo‘yicha auksionga qo‘yilgan mazkur mulkning ochiq auksion savdosiga qo‘yilgan boshlang‘ich bahosi 10 007 940 000 (o‘n millard yetti millon to‘qqiz yuz qirq ming) so‘m. Turar-joy binosi 10 ta xonadan iborat.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi qaroriga ko‘ra, Yashnobod MIB bo‘limi tomonidan E-ijro auksion ochiq auksioniga qo‘yilgan mazkur turar-joy binosi ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga tegishli bo‘lib, uning turmush o‘rtog‘i nomida bo‘lgan.

13.jpg14.jpg15.jpg13.jpg