Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soch to‘kilishiga qarshi ichimlik ma’lum qilindi

Olimlar soch to‘kilishiga to‘sqinlik qiladigan ichimlik nomini aytishdi. Bu haqda Daily Express xabar qiladi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, yashil choy tarkibida katexin kabi organik moddalar mavjud bo‘lib, ular testosteron va digidrotestosteron (testosterondan hosil bo‘lgan eng faol androgenlar)ning soch normal o‘sishiga bo‘layotan salbiy ta’sirga to‘sqinlik qiladi.

Ta’kidlanishicha, mutaxassislar tadqiqot doirasida kallikdan aziyat chekayotgan bemorlar bosh terisiga yashil choy ekstrakti surtishgan. Eksperiment ishtirokchilarining aksariyati soch o‘sishi sezilarli darajada oshganligi haqida aytishdi.

Avvalroq trixolog Filipp Kingsli soch to‘kilishining oldini olish uchun zarur shartlarni aytib o‘tgan edi. Ularning normal o‘sishi uchun avvalo soch follikulalariga kislorod yetkazuvchi qizil qon hujayralari hosil qiluvchi B12 vitamini zarur. Mutaxassisning ta’kidlashicha, asosan kislorod yetishmasligi sochlarning siyraklashishiga yoki juda ko‘p to‘kilishiga olib kelishi mumkin.

G.XOLDOROVA tayyorladi.