Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soliq qarzdorligi to‘langach, mashina egasiga qaytarildi

Ishtixon tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor - “Ishtixon tumani Agrokimyohimoya” unitar korxonasidan undiruvchi - Ishtixon tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga jami 98 million so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Ishtixon tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushgan.

Shu kunning o‘zida ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor - “Ishtixon tumani Agrokimyohimoya” unitar korxonasining bank hisob-raqamlari chiqim qismiga band solingan.

Qarzdor “Ishtixon tumani Agrokimyohimoya” unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.

Shuningdek, mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida davlat ijrochining dalolatnomasiga asosan qarzdorga tegishli bo‘lgan “Nexia” rusumli avtomashina xatlanib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 233-moddasi tushuntirilgan holda qarzdorning vakiliga topshirilgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor - “Ishtixon tumani Agrokimyohimoya” unitar korxonasidan undiruvchi - Ishtixon tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 98 million so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi.

Majburiy ijro byurosi Ishtixon tumani bo‘limi.