Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soliqchilar sug‘urtachilar huzurida

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati viloyat filialida soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar, sohada amaliyotga tatbiq qilinayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlab seminar o‘tkazildi.

Seminarda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi bilan amaliyotga kiritilgan o‘zgarishlar va yangiliklar, joriy yilgi soliq stavkalari xususida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

– Bugungi seminar biz uchun juda foydali bo‘lganini alohida qayd etmoqchiman, – deydi G‘olib Yo‘ldoshev. – Jumladan, yangi tahrirdagi Soliq kodeksining mazmun-mohiyati yuzasidan soha xodimlari tomonidan batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, soliq stavkalari haqidagi savollarimizga javob oldik. Amaliyotga kiritilgan sayyor soliq tekshiruvi, soliq auditi va kameral soliq tekshiruvi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganimizni alohida ta’kidlamoqchiman.

Samarqand viloyati davlat soliq boshqarmasi axborot xizmati.