Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sovuq kunlar oldinda. Buning uchun ko‘p qavatli uylarda nimalar qilinadi?

Viloyat hokimligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilning qish davrida kuzatilgan muammolar va o‘tkazilgan xatlov natijasida jami 325 ta ko‘p qavatli uylarni mukammal va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.

Samarqand shahridagi 74 ta liftlarni yangisiga almashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Qo‘shimcha xatlov natijasida aniqlangan ko‘p xonadonli uylarni joriy kuz-qish mavsumidan betalofat chiqarish uchun uylarning tom qismini mukammal va joriy ta’mirlash, yerto‘lalardagi muhandislik tarmoqlarini ta’mirlash va tartibga keltirish, kirish eshiklari, romlar o‘rnatish, irrigatsiya tarmoqlarini ta’mirlashga viloyat hokimligi tomonidan tasdiqlangan Dasturga asosan tijorat banklari joriy yilning 15 noyabriga qadar 30,2 million so‘m kredit mablag‘lari ajratishi belgilangan.

Ko‘p xonadonli uylarni qishdan betalofat chiqarish maqsadida “Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazaylik” shiori ostida 40 kunlik safarbarlik e’lon qilingan.