Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soxta hujjatlar orqali SamDUga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. boshqa fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida Qozog‘iston Respublikasidagi universitetlardan birida 3 yil o‘qiganligi to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlab berishni va’da qilgan.

Shuningdek, tayyorlangan hujjatlar orqali Samarqand davlat universiteti iqtisodiyot fakultetining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishni aytgan va buning evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.