Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Soxta xodim jinoyat ustida qo‘lga olindi

Joriy yilning 17 iyul kuni Chilonzor tumanida joylashgan oliy ta’lim muassasalaridan birining talabasi 25 yoshli Biloliddin O. 29 yoshli Sardor A.ga o‘zini “jinoyat qidiruv xodimi” deb tanishtiradi.

Shundan so‘ng, u fuqaroni o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uchun ko‘z yumishini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uchun 100 AQSh dollari so‘raydi. Biloliddin O. Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida talab qilingan pulni olish vaqtida qo‘lga olindi.

Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.