Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Statistika kuzatuvlari xalqaro standartlarga moslashtiriladi

Davlat statistika qo‘mitasi, viloyat statistika boshqarmasi, Jahon banki, “Nazar business and technology” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamkorligida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminarda Samarqand va Jizzax viloyati statistika boshqarmalari mutaxassislari tizimdagi yangiliklar borasida tajriba almashishdi.

- Barcha sohada bo‘lgani kabi statistika organlarida ham qog‘ozbozlikni kamaytirish, hisobotlarni elektron shaklda qabul qilish borasida bir nechta qarorlar qabul qilindi, - deydi viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Shodmon Toshpo‘latov. – Mazkur tadbirni tashkil etishimizdan maqsad ham yuqorida aytib o‘tilgan qarorning ayni shu jihatini tizim xodimlariga keng targ‘ib qilish, viloyatimiz aholisining turmush darajasini o‘rganish va uy xo‘jaliklarida tanlama kuzatuvlar o‘tkazishni xalqaro standartlarga moslashtirish. Kuzatuv uslubiyatini takomillashtirish maqsadida joriy yilda sinov tariqasida kuzatuvlarni elektron qurilma yordamida o‘tkazish va aholiga buning qulaylik tomonlarini yetkazishdir.

Tadbir so‘ngida Jahon banki tomonidan hududiy statistika boshqarmalarining turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshliqlari hamda intervyuerlariga elektron qurilma (planshet)lar topshirildi.

Sulaymon MARDIYeV.