Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Stomatologlar "opiy" sotmoqchi bo‘ldi

O‘z kasbi ortidan ozmi, ko‘pmi obro‘-e’tibor topgan, hurmat-ehtirom qozongan Samarqand viloyati stomatologiya poliklinikasi vrachlari T.A. va Z.I. nima bo‘ldi-yu nafs qopqoniga tushdi. Yanada ko‘proq va osonroq pul topish vasvasasi ularni jinoyat ko‘chasiga yetakladi.

Urgut tumanida yashaydigan T.A. va oqdaryolik Z.I. o‘zaro oldindan til biriktirib, Z.I.ning davlat raqami OR 152 XA bo‘lgan “Spark” rusumli avtotransport vositasida 10.003,07 gramm “opiy” giyohvandlik moddasini viloyatimizdan Navoiy viloyatiga olib o‘tishga va mo‘maygina pullashga qaror qiladi.

2022 yilning 1 iyul kuni Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular o‘tirgan avtotransport vositasi Paxtachi tumanida to‘xtatiladi va ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinadi.

T.A. va Z. I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.