Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Stomatologning sanitariya qoidalariga amal qilmagani oqibatida yuqumli kasalliklar ko‘payadi

Samarqand shahridagi OITSga qarshi kurashish markazida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan stomatologlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tahliliy-tanqidiy tarzda o‘tgan uchrashuvda aholiga ko‘rsatilayotgan stomatologik xizmatlarning bugungi holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i D.Jumaniyazovning ta’kidlashicha, aholiga stomatologik xizmat ko‘rsatish belgilangan talablarga to‘liq javob bermasligi turli yuqumli kasalliklarning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, ayrim xususiy stomatologik muassasalarda sanitariya qoidalariga hamda normativ huquqiy hujjatlarga amal qilinmayotgani, ko‘p marotaba foydalanadigan tibbiy buyum va asboblarning sterilizatsiyasiga e’tibor berilmayotgani oqibatida yuqumli kasalliklar kelib chiqmoqda.

Tadbirda birlamchi tibbiy xizmat xodimlari, shahar va tuman tibbiyot birlashmalari boshliqlari, viloyatda faoliyat yuritayotgan stomatologik va  shahar, tuman ko‘p tarmoqli markaziy, oilaviy  poliklinikalar mutasaddilari ishtirok etdi.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.