Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sud 60 kishining umriga zomin bo‘lgan yong‘in bo‘yicha barcha ayblanuvchilarni koloniyaga yubordi

Voqea Kemerovo shahrida sodir bo‘lgan. Uni qonuniy o‘rgangan Zavodskoy rayoni sudi “Zimnyaya vishnya” («Qishki olcha») savdo markazidagi yong‘in bo‘yicha birinchi hukmni e’lon qildi. Sudlanuvchilardan 8 nafariga haqiqiy jazo tayinlandi.

Eng katta - 14, 13 yarim va 11 yillik qamoq jazolarini "Zimnyaya vishnya" savdo markaziga egalik qiluvchi kompaniya bosh direktori Yuliya Bogdanova, savdo markazining sobiq menejeri Nadejda Suddenok va texnik direktorga tayinlandi, shuningdek Kemerovo qandolat fabrikasi texnik direktori Georgiy Sobolev xavfsizlik xizmati talabga javob bermaganligi va yong‘in xavfsizligi talablari buzganligi uchun hukm etilganlar qatorida.

Ulardan tashqari, yong‘inga qarshi tizim boshlig‘i va muhandisi, xususiy qo‘riqlash korxonasi xodimi, 2-sonli yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi qorovul boshlig‘i, 1-Kemerovo o‘t o‘chirish otryadining yong‘in o‘chirish xizmati boshlig‘i va o‘nga yaqin mas’uliyatsiz rahbar va xizmatchilarga jazo tayinlandi.

Yong‘in sabablarini o‘rganish 100 nafardan ortiq tergovchilar guruhi tomonidan olib borildi. Bo‘lgan voqea daqiqa sayin tiklandi. Tekshiruv davomida mutaxassislar tomonidan 400 dan ortiq sud-tibbiy, tibbiy-genetik va boshqa ekspertizalar o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 25 mart kuni Kemerovodagi to‘rt qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in kinoteatr va attraksion, bolalar o‘yin maydonchalari joylashgan yuqori qavatida yuz bergan. Halok bo‘lganlar 60 kishi, ularning 37 nafari bolalar. O‘lim holati asosan «biletsizlar kirmasin» deb qulflab qo‘yilgan kinoteatrda bo‘lgan.