Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sud Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni hibsda ushlash muddatini uzaytirdi

Sud Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni 26 oktyabrgacha hibsda qoldirishga qaror qildi. Bu haqda advokat Sergey Slesarev so‘zlab berdi.

TASS xabariga ko‘ra, sud majlisi mamlakat milliy xavfsizlik Davlat qo‘mitasi binosida bo‘lib o‘tgan, uning tergov hibsxonasida 8 avgustdan beri sobiq prezident saqlanmoqda.

Dastlab sud qaroriga binoan Atambayev 26 avgustgacha hibsga olingan edi. U 8 avgust kuni hibsga olingan.

Keyinchalik, Bosh prokuraturaning tezkor qidiruv faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi va tergov boshlig‘i Zamir Beyshekeyev Atambayevga nisbatan qotillik va bir qator boshqa og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi haqida ayblov e’lon qilinganligi haqida xabar berdi.