Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sudyalar hasharga chiqdi

Bugun viloyatimiz paxta dalalarida yig‘im-terim ishlari qizg‘in. Dehqonlarimiz o‘zlari yetishtirgan «oq oltin»ni nes-nobud qilmay terib olishga astoydil kirishgan. Ularga mahallalarda yashovchi ishsiz aholi yaqindan ko‘mak bermoqda.

Shu bilan birga ishdan bo‘sh vaqt yoki dam olish kunlarida ayrim kishilar qalb amri bilan beliga etak bog‘lab paxtakorlarga kamarbasta bo‘lmoqda. Jumladan, bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati, tuman va shahar sudlari sudyalari va xodimlaridan iborat bir guruh hasharchilar o‘z tashabbuslari bilan Past Darg‘om tumanidagi «Sarbon» fermer xo‘jaligida paxta terishdi.

Shuningdek, ular fermerlar va terimchilar bilan uchrashib, yurtimizda kechayotgan yangiliklar, siyosiy, huquqiy va ijtimoiy o‘zgarishlar haqida suhbat qurdi.