Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sug‘diyona massivida doimiy ichimlik suvi beriladi. Sartepada-chi?

Viloyat Matbuot uyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasi direktori Komil Yusupov Samarqand shahrining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta’minoti soatbay berilishini quyidagicha izohladi.

Shu paytgacha Samarqand shahridagi Sug‘diyona, Sartepa massivlarida aholiga bir kunda ma’lum bir soatda ichimlik suvi berib kelinmoqda. Sababi, suv quvurlari eskirgan, yuqori bosimli, uzluksiz suv ta’minotini ko‘tara olmaydi. Buning uchun rekonstruksiya ishlarini olib borish lozim. Biz yaqinda ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minotini doimiy berish loyihasini ishlab chiqdik. Unga ko‘ra, joriy yil oxirigacha Sug‘diyona massivida ichimlik suvi doimiy beriladi. Sartepa maskani esa hali rejaga kiritilgani yo‘q.

X.ERNAZAROVA.