Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Suhbati qovushmaganlar pichoqlashdi

2020 yil 5 iyul kuni soat 02:00 da Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi 46 yoshli V.B. xonadonida 34 yoshli S.K. bilan o‘zaro gaplashib o‘tirganida, V.B.ning ukasi V.S. kelib S.K. bilan o‘zaro gaplari kelishmay qolishi sababli, V.S. S.K.ning chap yelka qismiga oshxona pichog‘i bilan urgan va tan jarohat yetkazgan. O‘z navbatida, S.K. V.S.ning qorin sohasi, pastki qismiga pichoq bilan zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda V.S. va S.K.lar tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan. S.K.ga ambulator davolanish belgilanib, V.S.ning jarohati yuzasidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, statsionar davolanish belgilangan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.