Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Suriyada kasalxonaga uyushtirilgan hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Suriyaning Afrin shahrida kasalxonaga qilingan hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi va 27 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Turkiyaning Andolu axborot agentligi.

Agentlik xabariga ko‘ra, hujum Turkiya hukumati terrorchi deb tan olgan Kurdiston ishchilar partiyasi jangchilari tomonidan amalga oshirilgan.

Afrinda qurolli to‘dalar tomonidan qo‘lga olingan Suriyaning shimolidagi boshqa aholi punktlarida bo‘lgani kabi terrorchilik hujumlari muntazam tashkil etilmoqda. Odatda bino yoki avtomashinaga joylashtirilgan portlovchi moslamani portlatish hukumatga qarshi guruhlar o‘rtasidagi kurash natijasidir. Biroq bunday terroristik harakatlardan tinch aholi jabr ko‘rmoqda.