Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Suv iste’moli to‘lovlarini qabul qilish bo‘yicha “O‘zsuvta’minot“ AJ tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26  noyabrdagi "Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati “Suvoqava” DUKda  yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tarkibida yagona suv balansini shakllantirish va monitoring qilish bosh boshqarmasi, yagona davlat suv fondi, suvlarning xavfsizligi va sifatini ta’minlash boshqarmasi, suv ta’minoti va suv chiqarish tizimlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boshqarmasini tuzish, “O‘zsuvta’minot“ aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

2020 yilning 1 yanvaridan ko‘rsatilayotgan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish  bo‘yicha vazifalarni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosidan “O‘zsuvta’minot“ AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga  o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflarni o‘rganib chiqish yuzasidan takliflar bildirildi.

Samarqand viloyati “Suvoqava” DUK axborot xizmati.