Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tadbirkor Eski Jomboyda yangi stadion qurdi

Jomboy tumanining Eski Jomboy mahallasida tadbirkor Mamayusuf Shodmonov tashabbusi bilan mahalla yoshlari uchun mini-stadion qurib foydalanishga topshirildi.

Sport majmuasining ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, nuroniylar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

- Shu yilning fevral oyida M.Shodmonovning moliyaviy ko‘magi bilan 6 xonadan iborat mahalla binosini qurib berilgandi, - deydi mahalla raisi Ubaydulla Mamatqulov. - Shuningdek, hududda keksalar uchun trenajer zali ham bunyod etildi. Endilikda nuroniylar choyxonasi hamda tikuvchilik sexi qurilib, ellikdan ortiq xotin-qizni ish bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Shu kuni yangi mini-stadionda mahalla yoshlari futbol bo‘yicha kichik turnirni boshlab yuborishdi.