Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Talabadan 800 dollarni olayotganda qo‘lga tushgan firibgar SamDUda ishlamaydi

Bugun, 9 sentyabr kuni Zarnews.uz saytida va telegram kanalida “SamDU prorektori yordamchisi talabadan 800 dollarni olayotganda qo‘lga tushdi” sarlavhasi ostida axborot berildi.

Sizga shuni ma’lum qilamizki, axborotda keltirilgan U.E. ism-sharifli shaxs Samarqand davlat universitetida ishlamaydi.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumot tarqatishda qonunchiligimizda belgilanganidek, to‘liq tekshirilgan, asosli manbalarga tayansa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Aslida SamDUga umuman aloqasi bo‘lmagan shaxsni shtatlar jadvalida yo‘q lavozim bilan atash, jamoatchilikni chalg‘itishga, ortiqcha gap-so‘zlar ko‘payishiga olib keladi.

Samarqand davlat universiteti axborot xizmati.