Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ta’lim-tarbiya masalalarida ota-ona o‘qituvchiga ko‘makchi bo‘lishi kerak

Qo‘shrabot tumanidagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlarning ta’lim-tarbiya olishida ota-ona mas’uliyati" mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Unda so‘z olganlar o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish borasida ota-onalarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning maktab ma’muriyati bilan hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga to‘xtaldi. Mavzu yuzasidan ota-onalar hamda o‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.

Maktab ma’muriyati tomonidan fanlarni yaxshi o‘zlashtirayotgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Shokir ERGAShEV,
tumandagi 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi.