Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tamaki ekkan fermerga ma’muriy chora ko‘rildi

Kattaqo‘rg‘on tumani "Eshturdiyev Sherbek dalasi " fermer xo‘jaligi tomonidan 2021 yil paxta hosili uchun mo‘ljallangan 6,3 gektar yer maydoniga noqonuniy ravishda tamaki ekini ekilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv natijalariga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining 2021 yil 13 martdagi qaroriga asosan “Eshturdiyev Sherbek dalasi” fermer xo‘jaligi tomonidan 42 gektar yer maydonida paxta, 33 gektar yerda g‘alla, 8 gektarda moyli ekinlar, 7 gektarda sabzavot va 2,5 gektar yer maydonida kartoshka ekish rejalashtirilgan.

Ammo, fermer xo‘jaligi rahbari moyli ekinlar ekilishi rejalashtirilgan yer maydonining 6,3 gektarida noqonuniy ravishda, o‘zboshimchalik bilan tamaki, 1,5 gektar yer maydonida makkajo‘xori ekinlarini ekib, parvarishlayotgan ekan.

Mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sud qaroriga ko‘ra, fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan ma’muriy jazo chorasi belgilandi.

Nurali Namozov,

"O‘zagroinspeksiya"ning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi boshlig‘i.