Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Taniqli rejissyor Valixon Umarov Samarqandda “Qirol Lir” asarini sahnalashtirmoqda

Viloyat musiqali drama teatrida jahon klassikasining durdona asari Vilyam Shekspirning “Qirol Lir” asari sahnalashtirilmoqda. Ushbu asar dunyoga mashhur teatr sahnalarida taniqli aktyorlar tomonidan namoyish etilgan.

Samarqand teatr sahnasida rejissyor Valixon Umarov aktyorlar jamoasi bilan ushbu asar ustida ijodiy ish olib bormoqda. Har bir rejissyor o‘z ish uslubi, dunyoqarashidan kelib chiqib, sahna asarlarining boshqa qirralarini ochib berishga sabab bo‘ladi. Valixon Umarov ham aktyorlar jamoasi bilan “Qirol Lir” asarining biz bilgan va bilmagan qirralarini sahnada namoyish etishga bel bog‘lagan.

Spektakl premerasi sentyabr oyi oxiriga mo‘ljallangan.